Dilaram Anarbayevna Mirodilova

   

Ismi sharifi: Mirodilova Dilaram Anarbayevna
Tug'ilgan sana: 13.09.1974
Ta'lim: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Mutaxassisligi: Tarjimon-referent
Lavozimi: Gid-ekskursovod

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Men Dilorom Mirodilova, “Texnopark” MCHJda ekskursovod bo’lib ishlayman. Ishimni tasodifan topdim. 2020-yilda qizim Toshkent Irrigatsiya institutini tugatganda, qizim bilan astoyidil ish qidirdik. Qizimning  kursdoshlari tavsiyasi bilan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga borgandik. О‘shanda 26-27 noyabr kunlari edi. “Хumo” arenasida “Yoshlar oyligi” yarmarkasi tashkil etilgan ekan. Yoshlar uchun ko‘plab bo'sh ish o'rinlarini taklif qilayotgan tashkilotlarni, shu jumladan, “Texnopark” MCHJ vakillarini ham ko'rdik. Qizim ma‘lumotnomasini kadrlar bo'yicha  mutaxassisga topshirdi.

Dekabr oyining boshida bizga “Texnopark” HRidan qo'ng'iroq bo’ldi. Intervyuga bordik,  texnoparkka kelganimizda, anketa to'ldirayotgan ko'plab ish so‘rovchilarni ham ko'rdik.  Oradan qisqa muddat vaqt o'tgach, qizim va men navbatimiz bilan kadrlar bo'yicha direktor o‘rinbosari Iroda Timurovna bilan suhbatga taklif qilindik. U birinchi bo'lib mening anketam bilan tanishdi va bir nechta bo'sh ish o'rinlarini taklif qildi. Ishlar ro‘yxati bilan tanishganimda, ekskursovod vazifasiga qiziqdim avvaliga hayron bo‘dim va zavodda bunday odamga nima uchun ehtiyoj borligini so‘radim.  Iroda Timurovna menga zavod faoliyati juda qiziq va rang-barangligini aytdi. Ekskursovod zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko'rishga qiziqqan ko'plab mehmonlarni zavod faoliyati bilan tanishtirish juda zarur ekanligini eshitganimdan so'ng darhol bu lavozimni tanladim, chunki turizm sohasida tajribam va gid-ekskursovod  guvohnomam bor edi.

Keyin men Media-markaz rahbari Nargiz Shoislamova suhbatida bo‘ldim. Ular men bilan juda yaxshi uchrashdi va ishlab chiqarish to'g'risida kirish suhbati o'tkazdi va faoliyatim doirasi to'g'risida ko'rsatmalar berdi. Suhbat juda samimiy va mazmunli o'tdi. Biz ish tartibi, ish haqi va ish joyidagi sharoitlarni muhokama qildik.

Kadrlar bo'limida bo'lib o'tgan suhbatdan so'ng menga hujjatlar ro'yxati berishdi: yashash joyidagi poliklinikadan o‘tish uchun  25-shakldagi guvohnoma, 2 kun ichida “yahona darcha” da beriladigan psixologik va narkologik dispanserlarning ma'lumotnomalari, mehnat daftarchasi, INN, INPS, oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasi va Gid guvohnomasi, pasportning 2 nusxasi, 3x4 o'lchamdagi 4 dona fotosurat.

Mening ish kunlarim juda sermazmun va qiziqarli, har kuni turli darajadagi mehmonlar kelishadi: chet el elchilari,  viloyat hokimiyatlardan hokimlar va hokim o‘rinbosarlari, respublikamizning turli hududlaridan tadbirkorlar, dilerlar, maktab va litsey o'quvchilari. Menga jamoam juda yoqadi. Ahil va inoq ijodkor yoshlardan iborat. Zarurat bo‘lsa yordamlarini ayashmaydi. Yoshlar bilan ishlash menga juda yoqadi, chunki ular serg'ayrat va yangi g'oyalarga to'la bo‘ladi.  Ular bilan hech qachon zerikmayman.

Texnoparkda  xodimlarning ishlashi uchun avvalo qulay ish sharoitlari yaratilgan. O‘zaro hurmat, rahbariyat xodimlariga doim e'tiborda. Zavod hududida oshxona bor, u yerda mazali tushlik qilamiz. Ishlab chiqarish eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan, mehmonlarning ko‘zlarida ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatyotib zavqlanishlarini ko'raman.  Texnoparkimizga tashrif buyurgan har bir mehmon juda katta ta’ssurot oladi va ko‘pchiligida ishga joylashish istagi paydo bo‘lganini aytadi.

Men ko'p joylarda ishlaganman, lekin bu yerda yaratilgani kabi sharoitni ko‘rmaganman. Keng va yorug‘ ofis,  ishlash uchun barcha qulayliklar: yangi mebellar, kompyuter, ofis jihozlari, agar ish uchun agar biror buyum zarur bo‘lib qolsa, talabnoma topshirish kifoya, barchasi bilan ta’minlashadi.

Har bir idoradaning kofexonimi bor, u xodimlarga juda e'tiborli va ularning iltimosiga binoan issiq choy, kofe va tushdan keyin choy beradi.

4 oydan buyon  ishlayotgan bo‘lsam, hammasi  risoladagidek. Bu yerda ishlash juda zavqli.