“TEXNOPARK” jamoasi media sohaning ushbu yo‘nalishi vakillarini bayram bilan tabriklaydi. Biz nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni davlatlarning blogerlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.

Blogerlar bugungi kunda ijtimoiy, axborot hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotidagi dolzarb muammolarni ko‘tarish va hal etishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ularni xalqaro blogerlar kuni bilan yana bir bor tabriklab, hamkorligimiz umumiy maqsadlar yo‘lida yanada mustahkamlanadi, deb o‘ylaymiz.