Bugun mamlakatimiz yana bir muhim sanani nishonlamoqda.
Bayroq tinchlik va osoyishtalik, buyuk kelajakka ishonchimiz ramzidir. Bayroq davlatimizning har bir fuqarosi uchun azizdir.

Respublikamizning sport, fan, madaniyat, texnika sohalarida erishgan barcha yutuqlari va zafarlari davlat bayrog‘ining ko'kga ko‘tarilishi bilan ifodalanadi, O'zbekistonning obro'-e'tibori ortib borayotgani yuraklarimizda yuksak faxr uyg'otadi. O‘zbekistonda tinchlik hukm surayotgani, amalga oshirilayotgan tadbirlar ijobiy ruhga ega ekanini tasdiqlovchi mamlakatimiz bayrog‘i hamisha balandda hilpirab tursin.
O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “TEXNOPARK” MChJ barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi! Har bir yurtdoshimizga tinchlik-osoyishtalik, jonajon yurtimizga farovonlik va taraqqiyot tilaymiz!

Davlat bayrog‘i kuni muborak, O‘zbekiston!