Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, xodimlarni har tomonlama rivojlantirish, intellektual sportni keng targ‘ib qilishdan iborat.

Turnir 7 bosqichda o‘tkazildi. Unda kompaniya ishlab chiqarish xodimlaridan 32 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Natijada 3 nafar g‘olib aniqlandi. Ularga pul mukofotlari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Shaxmat turniri har yili o‘tkaziladigan bo‘lib, ong sportiga yanada ko‘proq xodimlarni jalb etishi rejalashtirilgan.