"TEXNOPARK" MChJ dunyodagi eng yirik kimyoviy konsern BASF — Chemetall (Germaniya) mintaqaviy vakolatxonalari rahbarlari — "TEXNOPARK" MChJning hamkori BASF — Chemetal kompaniyasining O'zbekiston va Qozog'istondagi direktorlari, Dilfuzа Xakimova va Saule Baitjonova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

BASF — Chemetall — 150 yildan ortiq tarixga ega bo'lgan dunyodagi eng yirik kimyoviy konsern. Konsern "TEXNOPARK" MChJning rasmiy hamkori bo'lib. U ishchi va ishlab chiqarish yuzalarini tayyorlash uchun mahsulotlar, jumladan turli metallarni yog'sizlantirish va tozalash, shuningdek korroziyaga qarshi vositalarni "aqlli" gaz hisoblagichlari (Osten), sovutish tizimlari (Shivaki), suv nasoslari (Leo) va panell radiatorlari (Leas) ishlab chiqarishlari uchun yetkazib beradi.

 

Mehmonlar amaldagi 12 ta ishlab chiqarish obyektining ish jarayonlari bilan tanishdilar. Shju-rumda mehmonlarga ishlab chiqariladigan maishiy texnika va sanoat mahsulotlarining butun assortimenti namoyish etildi. Hamkorlar "TEXNOPARK"ning rivojlanishini yuqori darajada baholadilar va o'zaro manfaatli ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish niyatini bildirdi.