5-iyul kuni, Yekaterinburgda INNOPROM xalqaro sanoat ko'rgazmasi boshlandi. Tadbirda birinchi marta 600 ta sanoat kompaniyalari orasida, "TEXNOPARK" MChJ ishlab chiqaruvchi korxonalari ham ishtirok etadi.
INNOPROM - bu "TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika uchun xalqaro eksport bozorlariga chiqish uchun platformadir.
"Yekaterinburg-EXPO"ning 50 ming kvadrat metrlik ko'rgazma stendida "TEXNOPARK" tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksklyuziv ko'rgazmasi namoyish etiladi. Ular orasida — Osten brendi ostida ishlab chiqarilgan liftlar, sanoat sovutish va muzlatish tizimlari, ko'p qismli tizimlar, chiller-fankoyllar - SHIVAKI brendi ostida, panel radiatorlari, "aqlli" gaz hisoblagichlari - Osten markasi, suv nasoslari- LEO markasi, ROYAL elektr suv isitgichlari, savdo muzlatgichlari va sovutgichlari - SHIVAKI FRIGO COOL brendi, shuningdek mis quvurlari va mis mahsulotlari - UZ COPPER markasi.
INNOPROM (Yekaterinburg) dasturiga quyidagilar kiradi:
INNOPROMning asosiy strategik sessiyasi - Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning nutqi
Ko'rgazmaviy tadbirlar
Onlayn mashg'ulotlar
Konferensiyalar
Zamonaviy ishlab chiqarishda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun o'quv modullari.

Eslatib o'tamiz, “INNOPROM. O'zbekistonda katta sanoat haftaligi ". Tadbir O'zbekiston investitsiya va tashqi savdo vazirligi va Rossiyaning sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi. Ko'rgazmada 20 mamlakatdan 1100 dan ortiq korxona ishtirok etdi.

INNOPROM (Yekaterinburg) 5-8 iyul kunlari bo'lib o'tadi.