6-sentyabr kuni, "TEXNOPARK" MChJga Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar orasida Shomi Kayzer (Bangladesh savdo palatasi federatsiyasi direktori), Tovid Xosseyn (Bangladesh call-markazi va autsorsing assotsiatsiyasi bosh kotibi), Liakat Ali (Walton Digi-Tech Industries Ltd boshqaruv direktori o'rinbosari) va Bangladeshning boshqa hukumat va biznes vakillari bor edi.

 

Delegatsiya a'zolari ishlab chiqarish korxonalari salohiyati, robot uskunalar va texnologiyalar, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika turlari bilan tanishdilar.

 

Shuningdek, tashrif davomida "Walton Digi-Tech Industries" Ltd (maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi xolding kompaniyasi) vakillari o'z imkoniyatlarini taqdim etishdi va keyingi hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun dastlabki muzokaralar o'tkazishdi.

 

Eslatib o'tamiz, Bangladesh delegatsiyasi Islom Taraqqiyot Bankining 46-yig'ilishi doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan.