Birlashgan Arab Amirliklarining yirik ishbilarmonlari, xususan, Electric Avenue Trading direktori Arif Chara Muhammad, Danube Group bosh menejeri Baldar Arif, Siddique Mustafo & Sons Group vakili Vadivala Muhammad va boshqa bir qator kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya “TEXNOPARK” MChJga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad “TEXNOPARK” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik salohiyatini o‘rganishdir.
Mehmonlarga sanoat elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari assortimentning taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, zavodlarda o‘rnatilgan uskunalar, ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlarining yuqori, raqobatbardosh sifatini ta’minlovchi joriy etilayotgan texnologiyalar e’tiborni yanada kuchaytirdi.
P.S. Dubay Savdo-sanoat palatasi prezidenti Muhammad Ali Rashed Luta boshchiligidagi BAA delegatsiyasi O‘zbekiston – BAA biznes-forumi doirasida Toshkentda bo‘lib turibdi.