Toshkent iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida “TEXNOPARK” MCHJ HR departamenti vakillari rahbar, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlari nomenklaturasini taqdim etdi. Mutaxassislarimiz alma-mater talabalariga bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha istiqbolli bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilishdi. Tadbir natijasida 50 dan ortiq universitet talabalasi o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, ulardan 20 nafari ishga joylashish uchun arizalarni to‘ldirdi.

P.S. TEXNOPARKda 5200 dan ortiq xodim ishlaydi.