11-yanvar kuni, "Texnopark" MChJga O'zbekiston Respublikasining xorijda akkreditatsiyadan o'tgan Favqulodda va muxtor elchilarining delegatsiyasi tashrif buyurdi.  Tashrif davomida, O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari vakillari "TEXNOPARK" ning 7 ta ishlab chiqarish obyekti, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, eksport salohiyati va 2021-yilga mo'ljallangan rejalari bilan tanishdilar.