O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan (25.08.21) "TEXNOPARK" MChJ direktori Axadov Sarvar Saidjaxonovich yuqori davlat mukofoti — "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

   "TEXNOPARK" MChJning besh minglik jamoasi o'z rahbarini "Shuhrat" medali bilan tabriklaydi!

   P.S. Farmonning to'liq matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilingan.