Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining o'rinbosari Dmitriy Volvach "TEXNOPARK" MChJga tashrif buyurdi. Mehmon tijorat va maishiy muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, "aqlli" gaz hisoblagichlari va press-formalar hamda shtamp ishlab chiqarish zavodlarning faoliyati bilan tanishdi.

 

Tashrif chog'ida "TEXNOPARK" MChJ direktori Sarvar Axadov mehmonga mavjud barcha zavodlar bilan batafsil taqdim etdi, mahsulotning afzalliklari va hajmi, shuningdek, bo'lajak loyihalar haqida gapirib berdi.

 

Ta'kidlash joizki, rossiyalik siyosatchi mahsulotlarni sinovdan o'tkazish va standartlashtirish, qolip va shtamp ishlab chiqarish laboratoriyalariga katta qiziqish bildirdi. "TEXNOPARK" MChJ rasmiylari uni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.

 

Uchrashuv yakunida "TEXNOPARK" MChJ direktori va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining o'rinbosari, shuningdek boshqa mas'ul shaxslar esdalik suratiga tushishdi.

Shuni eslatib o'tamizki, Dmitriy Volvach O'zbekiston iqtisodiy forumi doirasida O'zbekistonda bo'lib turibdi. Forum shu yilning 29-30-sentyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tmo'qda.