2022-yilning 26-may kuni Olmaota shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) HR va xodimlarni boshqarish sohasida Markaziy Osiyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri – "HR Brand Award 2022" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“TEXNOPARK” Markaziy Osiyoning HR-brend 2022 xalqaro tanlovining “Mintaqa” nominatsiyasida g‘olib!

Rossiyaning eng yirik onlayn-rekruting kompaniyasi HeadHunter O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kompaniyalariga 2021-yilda xodimlarni boshqarish sohasidagi eng yaxshi loyihalari uchun mukofotlarni topshirdi.

Ishtirokchilar orasida Halyk bank, FSSA peopleforce, Bugachev.com, PayBox money, Astana hub, Artel, Evos, Akfa, Asakabank, Korzinka, UzAuto Motors kabi yirik kompaniyalar ham bor edi.

Mukofot keyinchalik butun Markaziy Osiyodagi korxonalarda faol qo‘llaniladigan HR sohasidagi asosiy yo‘nalishlar va amaliyotlarni belgilaydi.
"TEXNOPARK" HR jamoasini munosib mehnati uchun mukofot bilan tabriklaymiz!!!