8-may kuni Toshkentda havaskorlar futboli bo‘yicha korxonalar o‘rtasida musobaqaga start berildi. Jami 16 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi.

Yarim finalda “TEXNOPARK” va “Ermak” jamoalari to‘qnash keldi va jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yarim finalning ikkinchi juftligi “UZTELECOM” va “DHL” o‘rtasidagi uchrashuv 5:1 hisobida yakunlandi.

“TEXNOPARK” va “UZTELECOM” jamoalari o'rtasidagi final o'yini 19-iyun kuni bo'lib o'tadi.

Manzil: 26-sonli maktab stadioni ("Братские могилы").