"TEXNOPARK"da ishlab chiqarilayotgan "OSTEN" liftlari ЕАС muvofiqlik sertifikatiga ega. Shuningdek, ularni Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozoqsitonga olib kirish va sotish huquqiga egamiz. Endi esa liftlarni ekspluatasiya qilish uchun Qozoqistonda o‘rnatilgan talablarga asosan maxsus foydalanish ruxsatnomasi olindi.

Shu bilan birga "OSTEN" liftlarini sotib oladigan mijozlarga katta qulayliklar yaratilib, liftlar ekspluatasiyada qo‘llaniladigan xavfsizlik talablariga to‘liq javob berilishi tasdiqlandi