“TEXNOPARK” yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, bozorga zamonaviy sanoat uskunalari, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallarini yetkazib bermoqda.

O‘tgan safar sizni sanoat mahsulotlarimiz o‘rnatilgan AKFA universitetining texnik jihozlari bilan tanishtirgan edik. Bugun biz "TEXNOPARK" mahsulotlaridan unumli foydalaniladigan poytaxtning boshqa obyektlarini ham ko'rsatamiz.

Sanoat konditsioner tizimlari - "Shivaki" sovutgichlari qishin-yozin iqlim qulayligini ta'minlaydi. “Osten” liftlari esa Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Invento xalqaro maktabi va Inno texnoparkida tez va xavfsiz qavatdan qavatga qatnovni kafolatlaydi.

"Ferroli" gaz qozonlari Invento xalqaro maktabiga uzluksiz issiqlikni kafolatlaydi. Inno texnoparkida "TEXNOPARK' tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar suv ta'minoti uchun ham javobgardir - bular "Leo" brendidagi suv nasoslari.