28-aprel kuni, "TEXNOPARK" MChJga «Magnitogorsk temir-po'lat zavodi» DAJ vakillari tashrif buyurishdi. «Magnitogorsk temir-po'lat zavodi» DAJ dunyodagi eng yirik po'lat ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, Rossiyaning qora metallurgiya korxonalari orasida yetakchi mavqega ega. MMK guruhining 2020-yildagi daromadi 6,395 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Maqsad - samarali ikki tomonlama hamkorlikning boshlashi bo'yicha muzokaralar.

«TEXNOPARK» tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining quvvati va assortimenti, Rossiyaning eng yirik sanoat korxonasi mutaxassislarining qiziqishini uyg'otdi. Ular, ayniqsa, yaqinda ishga tushirilgan 4 ta ishlab chiqarish quvvati bilan qiziqishdi. Bu metall konstruksiyalar, deraza va eshiklar uchun aksessuarlar, panel radiatorlar, alyuminiy kompozit panellar ishlab chiqarish.

 

Eslatib o'tamiz, 6-aprel kuni «Magnitogorsk temir-po'lat zavodi» DAJ delegatsiyasi, bosh direktor Pavel Shilyaev boshchiligida «TEXNOPARK» MChJga birinchi marta tashrif buyurgan.