4-yanvar kuni "Texnopark" MChJga Yashnobod tumanining bir guruh ishsiz yoshlari tashrif buyurishdi.  Mehmonlar barcha ishlab chiqarish binolarini ko'zdan kechirdilar, ish jarayonini kuzatdilar.  Shuningdek, ular "Texnopark" ning kadrlar bo'limiga tashrif buyurishdi, u yerda ularga mehnat sharoitlari hamda ishga qabul qilish to'g'risida ma'lumot berildi, shundan so'ng guruhdan 10 kishi arizalarni to'ldirdi.