Shuningdek,bugun "TEXNOPARK" MChJ ga Toshkent shahridagi o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari tashrif buyurishdi.  Bu poytaxt hokimi tomonidan har oyda e'lon qilinadigan yoshlar festivali doirasida o'tkazilayotgan navbatdagi ekskursiya bo'ldi.

 

 

Qatnashchilar "TEXNOPARK" MChJda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish binolari bilan tanishtirildi.  Xususan, ular "Osten" brendi ostida ishlab chiqarilgan maishiy va sanoat muzlatgichlari hamda gaz hisoblagichlarini yaratish jarayonini kuzatdilar. Shuningdek, yosh mehmonlar "TEXNOPARK" MChJ o'quv markazi faoliyati bilan tanishdilar.