“TEXNOPARK” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini yaratishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda.

15-noyabrda ikkita yangi ishlab chiqarish korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi: “Ferroli” sanoat suv isitish qozonlari va Royal quyosh suv isitgichlari.
Tadbirda poytaxt hokimligi, Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, FERROLI GROUP kompaniyasining eksport bo‘yicha direktori Simone Milan ishtirok etdi.

Yangi zavod 2000 dona suv isitish qozonlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Model qatori 92 kVt dan 6000 kVtgacha bo'lgan issiqlik quvvatiga ega 25 ta modeldan iborat. Qozonlarning FIK 92% dan oshadi.

Quyosh suv isitgichlarining (kollektorlar) yillik ishlab chiqarish quvvati 100 000 dona. ROYAL energiya tejamkor uskunalarining hajmi 200 dan 1000 litrgacha. Yoz kunlarida kollektor suvni 80 ° S gacha, qishning quyoshli kunlarida esa 60 ° C gacha isitish imkoniyatiga ega. Zavodlarning ishlab chiqarish liniyalari Yevropa yetakchi ishlab chiqaruvchilarining eng zamonaviy texnologiyalari va uskunalari bilan jihozlangan.

TEXNOPARK imkoniyatlari eng murakkab muhandislik va texnologik yechimlarni taklif qilish va joriy etish hamda istalgan hajmdagi buyurtmalarni samarali va o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi. Barcha mahsulotlar kafolat muddatiga ega. Servis xizmatlari "TEXNOGARANT" keng tarmoqli ixtisoslashtirilgan markazi tomonidan taqdim etiladi.
“TEXNOPARK” tayyor mahsulotni ham mahalliy bozorga, ham eksportga yetkazib berishni rejalashtirmoqda.