30-sentyabr kuni, "TEXNOPARK" MChJ direktori Sarvar Axadov O'zbekiston iqtisodiy forumi mutaxassislarining panel muhokamasida ishtirok etdi.  Ishtirokchilarni birlashtirgan mavzu "Ishlab chiqarish va O‘zbekistonning global ta’minot zanjirlaridagi o‘rni" edi.

 

Munozara moderatori sifatida, HEC Paris&Doha fakulteti, Straightview Intl. rahbari, Pirs Kambetledj qatnashdi.

Mutaxassislar sanoatning rivojlanish istiqbollari va omillari, mahsulotlarni jahon bozorlariga global yetkazib berish zanjiriga yanada dinamik va samarali yechimlarni kiritish borasida hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar haqida fikr almashdilar.

Ishtirokchilar: "UzAutoMotors" bosh direktori Bo Inge Andersson, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari Bobur Abdinazarov, "Boston Consulting Group" boshqaruv direktori va asosiy hamkori Vladislav Butenko, "Textile Technology Group" MChJ asoschisi Murat Yoqubov.

 

Eslatib o'tamizki, O'zbekiston iqtisodiy forumi Toshkentda 29-30-sentyabr kunlari bo'lib o'tmoqda.  Tadbirda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar, yirik banklar va investorlar, konsalting va auditorlik kompaniyalaridan iborat yuzdan ziyod tashkilotning 300 dan ortiq yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda.  Shu jumladan Veolia, Coca Cola Icecek, Total Eren, Goldman Sachs, Rotshilds, JP Morgan, McKinsey.