2021-yil 3 - 5-noyabr kunlari “TEXNOPARK” MCHJ “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2021” 11-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.  Ko'rgazma poytaxtning "Lokomotiv" bog'i hududida bo'lib o'tmoqda.



"Texnomold" brendi ostida ishlab chiqarilgan press-forma va shtamp namunalari, "Plastex Uzbekistan 2021" ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda.  Ushbu ishlab chiqarish obyekti 2020-yilda tashkil etilgan bo'lib, "TEXNOPARK" MChJ sanoat korxonalari guruhi tarkibiga kiradi. "Texnomold" press-formalarni, har qanday murakkablikdagi turli qismlarni va keng assortimentdagi shtamplarni ishlab chiqarishga, shuningdek, metallni qayta ishlashga ixtisoslashgan.



Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, AQSH, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy kabi dunyoning yetakchi sanoat korxonalarining: "Delta", "Atlas  Copco", "Alzmetall", "Yudo", "Demiral", "PROTH", "Union Tool", "Sodick" kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Metallni qayta ishlashning barcha bosqichlaridagi texnik nazorati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro darajadagi sifat va ishonchlilik ko'rsatgichlariga muvofiqligini kafolatlaydi.  Bu ISO 14001: 2015; ISO 9001: 2015;  ISO 45001: 2018 ga asosan, boshqaruv tizimlariga muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlangan.



“TEXNOPARK” MChJda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli press-forma va qoliplarga bo‘lgan yuqori qiziqish mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, neft-kimyo, tibbiyot, shuningdek, maishiy hamda sanoat asbob-uskunalari ishlab chiqarish kabi sohalarda talabning yuqoriligi bilan izohlanadi.



Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar mahsulot assortimentining barcha imkoniyatlarini to'liq baholashlari mumkin, buning uchun esa, "Texnomold" kafolat va malakali xizmatni taqdim etadi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlanayotgani, uning yuksak darajada tashkil etilganidan dalolat beradi.



Tadbirning informatsion yoritilishi, mahalliy va xalqaro OAV tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari orasida, plastik va kompozit materiallar, metall va tayyor mahsulotlar hamda ularni ishlab chiqarish uchun o'z uskunalarini namoyish etayotgan o‘nlab  yaqin va uzoq xorijdagi ishlab chiqarish korxonalari mavjud.

Korxona mahsulotlarini mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etish yaxshi an’anaga aylangan.  "TEXNOPARK" uchun bu o'zining potentsial xaridorlari va hamkorlariga, qo'llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va 12 ta korxona salohiyati haqida ma'lumot berishning yana bir imkoniyatidir.

Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish "TEXNOPARK" MChJga quyidagi imtiyozlarni beradi:

 - ham mintaqaviy, ham xalqaro darajada, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish;

 - mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardosh takliflarini tanlash imkoniyati;

 - MDH davlatlari, Markaziy Osiyo mintaqasi va jahonda, mahsulotlarni ommalashtirishning yangi bosqichini yo'lga qo'yish;

 - tayyor mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish.

“TEXNOPARK” MChJ O‘zbekistonning yirik sanoat markazlaridan biridir.  Bu yerda ishlab chiqarilayotgan sifatli va zamonaviy sanoat hamda maishiy texnika savdo liniyasi mamlakatimizda ham, xorijda ham tobora ommalashib bormoqda.