Avval xabar berganimizdek, 3-5 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2021” XI xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.  Ko‘rgazmada “TEXNOPARK” MChJ tomonidan press-forma va qoliplar ishlab chiqarish sanoati ishtirok etmoqda.

Press-forma va shtamplar ishlab chiqarish stendi – “TEXNOPARK” – “TEXNOMOLD” “Plastex Uzbekistan 2021” xalqaro ko‘rgazmasida “Eng yaxshi stend dizayni” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi.

“TEXNOPARK” MCHJ mutaxassislari potentsial xaridorlar va hamkorlar bilan uchrashuvlar, shuningdek, ishbilarmonlik muzokaralarini faol o‘tkazmoqda.

“TEXNOPARK” MChJ mahsulotlarining xalqaro biznes maydonlarida namoyish etilishi ishtirokchilarni ishlab chiqarish korxonalarimiz salohiyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini yaratadi.