"Shivaki" va "Shivaki Frigo cool" konditsioner va sovutish tizimlari EAC sertifikatini oldi.

"TEXNOPARK" MChJ obyektlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportining geografiyasini kengaytirish bo'yicha olib borilgan tizimli ishlarning natijasi, sanoat konditsionerlari va muzlatgich uskunalarining YOII qoidalariga muvofiqligi to'g'risidagi deklaratsiyani ro'yxatdan o'tkazish bo'ldi, bu ishlab chiqariladigan konditsioner va muzlatgichlarning xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlaydi. "Shivaki" va "Shivaki Frigo cool" sovutish uskunalari "Mashina va uskunalarning xavfsizligi to'g'risida" va "Past kuchlanishli uskunalarning xavfsizligi to'g'risida" texnik reglament talablariga mos keladi.

Deklaratsiyalash jarayonida o'tkazilgan sinovlar, "TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan konditsioner va sovutish tizimlarining sifati hamda xavfsizligi IEC 60335-1-2015, IEC 60204-1-2007,IEC 60335-2-40-20 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Mahsulotlarimiz sifatining tasdiqlanishi eksport bozorlarida, shu jumladan, YOII mamlakatlarida mustahkam rivojlanish uchun barqaror asos yaratadi.



 

Eslatib o'tamizki, ilgari liftlar (Osten) va tijorat muzlatgichlar (Shivaki Frigo Cool) ishlab chiqarish sohalari YOII sertifikatini olgan edi.