“TEXNOPARK” MChJ lift va eskalatorlar, shuningdek, lift uskunalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ma’lumki, poytaxtimizda eskirgan liftlarni almashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar ko‘p qavatli turar-joylarda 800 ta lift ta’mirdan chiqarildi.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (TJM), ko‘p qavatli uylarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar rahbarlarining bu galgi tashrifidan ko‘zlangan maqsad montaj jarayonini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish, shuningdek, liftlarni ishlatish qoidalariga aniqlik kiritishdan iborat.

 

 

Uchrashuv davomida 90 dan ortiq mehmonlarga lift va eskalatorlarni ishlab chiqarish jarayoni, lift sinov minorasi, dispetcherlik markazi bevosita kursatildi. Mutaxassislar rahbarlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

 

“TEXNOPARK” MChJ majlislar zalida lift va eskalatorlar ishlab chiqarish hamda servis markazi mutasaddilari liftlarning imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirdilar, eng ko‘p ko‘rilgan savollarga javob berdilar, liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va kafolat muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish shartlarini muhokama qildilar (5 yil) va kafolatdan keyingi davrlar.

Uchrashuv “TEXNOPARK” MChJ markaziy oshxonasida tushlik bilan yakunlandi.