17-fevral kuni, «Texnopark»ga «Faber Construction» kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi (Ozarbayjon).  Mehmonlar ishlab chiqarish binolari bo'ylab yurib, ularning faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellari, «Texnopark» ning 2021-yilgi rejalari to'g'risida batafsil ma'lumot oldilar, shuningdek, ish jarayoni bilan tanishdilar.  Ular «Texnopark» da ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport salohiyatiga alohida e'tibor berishdi.