22-mart kuni, Qozog'istonlik ishbilarmonlar  «TEXNOPARK» MChJ ga tashrifdan buyurishdi.  Tashrif ko'zlangan maqsad, kelgusidagi o'zaro hamkorlik uchun «TEXNOPARK» mahsulotlari bilan tanishish.  Shunday qilib, mehmonlar mavjud 6ta ishlab chiqarish obyektlarida bo'lishdi hamda ushbu obyektlarning faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar modellari,  «TEXNOPARK»ning 2021-yilgi rejalari to'g'risida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar, shuningdek, ish jarayoni bilan tanishdilar.  Ular «TEXNOPARK»da ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport salohiyatiga alohida e'tibor berishdi.