7-yanvar kuni "Texnopark" MChJga O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "Uzeltexsanoat" vakillari tashrif buyurishdi.  Mehmonlar "Texnopark" dagi ishlab chiqarish binolari hamda ish sharoitlari bilan tanishdilar.  Qolaversa, ularga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyati, O'zbekiston ichki bozorining talabi qanchalik darajada qondirilganligi, shuningdek, 2021-yilga mo'ljallangan rejalar to'g'risida ma'lumotlar berildi.