"Pietro Fiorentini" (Italiya) kompaniyasining mutaxassislaridan iborat yana bir delegatsiya "TEXNOPARK" MChJ ga tashrif buyurdi

Italiyalik yetakchi mutaxassislar "aqilli" Osten gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Tashrif dasturi ishlab chiqarish xodimlari uchun treninglarni ham o'z ichiga olgan.
"TEXNOPARK" MChJ matbuot kotibi Nargiz Shoislamova Diego Gerompini ("Pietro Fiorentini" kompaniyasining MM muhandisi) bilan suhbatlashdi hamda korxona mutaxassisi rejalar haqida so'zlab berdi.

 

"Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, xavfsizlik choralarini joriy etish va quyish batareyalarini ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish hisoblanadi.Kecha biz mashg'ulot o'tkazdik, keyingi kunlarda yana bir qator xavf holatlarini baholash bo'yicha treninglar o'tkazamiz ".

Shuningdek, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati va ishlab chiqarish hajmi yuqori baholandi.

"Mahsulot sifati juda yuqori va Italiyadagi ishlab chiqarish bilan taqqoslaganda farqlar yo'q. Ular bir xil. Boshqaruv va ish sifati jihatidan, men xodimlarning yaxshi mahoratiga qoyil qoldim, ular yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarisj maqsadida, ish jarayoniga jalb qilinganlar. "

 

Delegatsiya tarkibiga quyidagi xodimlar jalb qilingan: vites qutisi va sifat nazorati bo'yicha muhandis, texnik qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhandis, hisoblagich ishlab chiqarish bo'yicha menejer, muhandis va mexanik yig'ish guruhining katta xodimi.

Shuni eslatib o'tamizki, "Pietro Fiorentini" korxonasi gaz uskunalarini ishlab chiqarish bo'yicha 80 yildan ortiq tajribaga ega bo'lib, gazni hisobga olish va ulardan foydalanish sohasida yetakchi hisoblanadi.