6-aprel kuni, "TEXNOPARK" ga Rossiya Federatsiyasi Udmurt Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Mixail Xomich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga “Калашников” kompaniyalari guruhi va “Сарапульский электрогенераторный завод” AJ vakillari ham bor. Tashrif, O'zbekistonning sanoat salohiyatiga bag'ishlangan video taqdimotni namoyish etish bilan boshlandi. Bundan tashqari, mehmonlar "TEXNOPARK" tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining texnologiyalari, imkoniyatlari va assortimenti bilan tanishish uchun mavjud ishlab chiqarish binolarini aylanib chiqishdi. “Калашников” kompaniyalari guruhi vakillari qolip va shtamp ishlab chiqarishga alohida e'tibor berishdi, “Сарапульский электрогенераторный завод” AJ mutaxassislari "OSTEN" brendi ostidagi liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarishga qiziqish bildirishdi.

 

Udmurt Respublikasi jahon bozorining 40 % yadro sanoati uchun zarur bo'lgan kalsiy mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Dunyodagi barcha qurollarning 20% afsonaviy “Калашников” konserni tomonidan ishlab chiqarilgan. 70 yildan ortiq tarixga ega bo'lgan “Сарапульский электрогенераторный завод” AJ elektr dvigatellarning 400 dan ortiq modifikatsiyasini ishlab chiqaradi. Faqatgina, 2020-yilda Udmurtiyadan xom ashyo bo'lmagan eksport mahsulotlarning hajmi, deyarli 450 million dollarni tashkil etdi.

 

5-apreldan boshlab, Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasi rasmiy delegatsiyasi, shu jumladan hukumat, biznes va ta'lim muassasalari vakillari O'zbekiston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo'lmoqdalar. Delegatsiya "Innoprom-2021" xalqaro sanoat ko'rgazmasida ishtirok etmoqda. Rossiyani 100 dan ortiq korxona namoyish etadi.