13-fevral kuni, "Krantas Group" kompaniyasining delegatsiyasi "Texnopark" MChJga tashrif buyurdi.  Ushbu kompaniya sanoat va qurilish sektorlari uchun maxsus uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uchrashuvining asosiy maqsadi - "Texnopark" va "Krantas Group" o'rtasidagi sanoat hamkorligini yaratish.  Tomonlar hamkorlikning  yo'nalishlari va o'zaro manfaatli hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildilar.  Tashrif davomida "Krantas Group" vakillari amaldagi ishlab chiqarish korxonalarga tashrif buyurishdi, zavodlarning quvvati va sanoat mahsulotlari bilan batafsil tanishdilar. Mehmolar joriy yilda "Texnopark"da ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalarga alohida e'tibor qaratishdi.