25-mart kuni, Qirg'iziston bosh vaziri Ulug'bek Maripov ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning yig'ilishida ishtirok etish uchun O'zbekistonga  keldi.  Tashrif doirasida, Ulug'bek Maripov «TEXNOPARK» MChJga tashrif buyurdi.  Delegatsiya a'zolari gaz hisoblagichlari, konditsionerlar va sovutish tizimlari, suv nasoslari, qolip va shtamplar, shuningdek, liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdilar.