20-iyul kuni “TEXNOPARK” “CRPT-Turon” MChJ bilan birgalikda press-tur tashkil etdi.

Tadbir mavzusi: “O‘zbekiston MDHda maishiy texnika uchun raqamli markalash tizimini joriy etgan birinchi davlatdir”.

Press-turda OAV vakillari: “O‘zbekiston 24”, “Toshkent”, “UzReport” telekanallari, “O‘zbekiston 24” radiostansiyasi, “Yangi O‘zbekiston”, “Darakchi”, “Biznes daily” birjasi va “Pravda” Vostoka”, “Xabar.uz”, “Podrobno.uz”, “Kommers.uz” internet-mediasi va boshqalar “Asl Belgisi” raqamli markalash tizimi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida kodlarni qo‘llash mexanizmlari bilan tanishdi.

Qayd etish joizki, “TEXNOPARK” O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib maishiy texnika vositalarini raqamli markalashni yo‘lga qo‘ydi. Asosiy maqsad yuqori sifatli mahsulotlarimizni qalbakilashtirishdan himoya qilishdir.

Shuningdek, davra suhbati bo‘lib o‘tdi va mutasaddilar yorliqlash tizimining iste’molchilarga foydasi, tovarlarni sotish jarayoni qanday kechayotgani haqida so‘z yuritdi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.