Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmodi. 

 
Dastlab Yashnobod tumanidagi Texnoparkda yangi quvvatlar – lift va eskalatorlar, forma va qoliplar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari va sovitish tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.

 
Davlatimiz rahbari mahalliylashtirish darajasini oshirish, tannarxni tushirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash yuzasidan koʼrsatmalar berdi.

 
Ommaviy axborot vositalari vakillari ham "Texnopark" MChJ faoliyati bilan tanishdilar.  Jurnalistlar ishlab chiqarish binolariga tashrif buyurib, korxona vakillariga  qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.