2019-yil iyun oyida, "TEXNOPARK" MChJ tashkil etildi. "TEXNOPARK"da ikki yildan kamroq vaqt ichida 6 ta yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi.

 

23-aprel kuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "TEXNOPARK" MChJga tashrif buyurib, to'rtta yangi ishlab chiqarish tarmoqlari bilan tanishdi.

 

Ular orasida:

- metall konstruksiyalar va sendvich panellarni ishlab chiqarish (PIR). Zavod maydoni - 30000 kv. metr. Yillik quvvati 16000 tonna metall konstruksiyalar va 1 million kvadrat metr sendvich panellarini tashkil qiladi;
- deraza va eshiklar uchun aksessuarlar ishlab chiqarish. Zavod maydoni - 11 729 kv. metr. Yillik quvvati - 6 000 000 dona;
- panel radiatorlarini ishlab chiqarish. Zavod maydoni - 9 276 kv. metr. Yillik quvvati - 640 000 dona;
- alyuminiy kompozit panellar ishlab chiqarish. Zavod maydoni - 4,652 kv. metr. Yillik quvvati - 432000 dona;