Xavfsizlikni ta'minlash biz uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishda muntazam olib borilayotgan ogohlantiruvchi, profilaktika tadbirlari mehnatni muhofaza qilish me‘yorlariga rioya etish, baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

“TEXNOPARK”ning XT (xavfsizlik texnikasi va MM (mehnat muhofazasi) bo‘limi doimiy asosda ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni bartaraf etuvchi yoki kamaytiruvchi, ishlab chiqarishlarda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan kompleks tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xodimlarga yong'in, zilzila, yuqori bosimli tizimlarning germetizatsiyasi yo'qolishi, kimyoviy moddalarning to'kilishi va boshqa tabiiy hamda texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish o‘rgatiladi.

Shuningdek, ishga kirishda nomzodlar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha majburiy kurs o‘tadilar. Mashg'ulotlarga turli og'irlikdagi jarohatlarda birinchi yordam hamda birlamchi yong'inni o'chirish vositalaridan foydalanish va boshqalar bo'yicha darslar kiradi.

TEXNOPARK xavfsizlik choralarining kafolatlanishi, barcha xodimlar tomonidan xavfsizlik tartib-qoidalariga rioya qilish bo‘yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirish uchun o'quv dasturlarini amalga oshiradi. Kompleks chora-tadbirlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muntazam tekshiruvlar va treninglar o'tkazish hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasiga ega bo'lish kabilarni o'z ichiga oladi.

Xavfsizlik hamma uchun birdek mas'uliyatdir, faqat birgalikda harakat qilish orqali biz hamma uchun xavfsiz muhitni yaratishimiz mumkin.