2021-yilgi ishlar yakunlari bo‘yicha, eng yaxshilarni taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Toshkentga "Shivaki" sovutish va konditsioner tizimlarining 200 dan ortiq montajchilari tashrif buyurishdi.
Tadbir “TEXNOPARK” MChJ ga ekskursiya bilan boshlandi, tadbir ishtirokchilari “Shivaki” sovutgich va konditsioner tizimlari ishlab chiqarilishi bilan tanishdilar. Shuningdek, mahsulot turlari va o‘rnatish jarayoni tahlili bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.



Kechki payt esa, “O‘zbekiston” mehmonxonasi restoranida Davron Kabulov, VIA “KARAVAN”, Shukirullo Isroilov kabi san’atkorlar, raqs ansambllari va taniqli hajviya ustalari ishtirokida bayramona ziyofat va eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi montajchilar quyidagi mukofotlarga sazovor bo‘lishdi:

- yilning eng innovatsion hamkori – Apple MacBook Air 2021
- yilning 3 ta eng tashabbuskor hamkorlari - Apple iPad Pro 2021;
- Yilning 5 ta eng yaxshi hamkori - Apple Iphone 13 pro.

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.