“Rossiya 24” telekanalining “Vesti nedeli” yakuniy dasturida O‘zbekiston haqida katta hajmdagi reportaj tayyorlanmoqda. “TEXNOPARK” MCHJ tomonidan Yangi O‘zbekistonning sanoat salohiyati namoyish etiladi. "TEXNOPARK" korxonalarida “Rossiya 24” telekanalining Markaziy Osiyo boʻyicha muxbiri Robert Frantsev va operator Arman Baydauletov bo'lishgan

Jurnalist ta'kidlaganidek:
“Biz uchun "TEXNOPARK" O‘zbekiston naqadar jadal rivojlanayotganining yaqqol ifodasidir. Oddiy kuzatish: biz bir yil oldin bu yerda edik va bir yil ichida juda katta o‘zgarishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari o'z ishini boshladi hamda turli g'oylarning birlashtirilgani yanada ta’sirliroq. Bu yerda ikki xil g'oya, bir tomondan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, boshqa tomondan, juda ko'p ish o'rinlari, xodimlar uchun to'liq ijtimoiy paket, ta'limdan tortib, oziq-ovqat va transportgacha. Hamda bu ikkisini birlashtirish uchun bir-biriga o'xshash g'oyalar, ushbu ishlab chiqarish obyektining insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun qanday xizmat qilishiga yorqin misoldir."