26-yanvar kuni, "TEXNOPARK" MChJga O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, ularning shahar va tumanlari hokimlarining birinchi o'rinbosarlaridan iborat yana bir delegatsiya tashrif buyurdi.  Bu safar, "TEXNOPARK" mehmonlari qatorida, Toshkent va Sirdaryo viloyat hokimliklari hamda poytaxt hokimiyatining vakillari ham bor edi.  Delegatsiya "TEXNOPARK" dagi bir qator sanoat tarmoqlari va ish jarayonlari bilan tanishdi.  Mehmonlarga mahsulotlar turi, eksport salohiyati va 2021-yilda amalga oshiriladigan loyihalar to'g'risida ma'lumot berildi.