Bugun, 5-aprel kuni, "Газпромбанк" ning Boshqaruv Raisining o'rinbosari Tigran Xachaturov hamda "ГПБ Комплект" bosh direktori Ruslan Navrotskiy "TEXNOPARK" MChJga tashrif buyurishdi. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning keng assortimenti hamda Markaziy Osiyoda eng yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan 6 ta fabrika bilan tanishdilar.

"Газпромбанк vakillari, shu kunlarda "Иннопром-2021" xalqaro sanoat ko'rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentdalar. Ushbu ko'rgazma 5-7 aprel kunlari "UZEXPOCENTRE" milliy ko'rgazma kompaniyasida bo'lib o'tadi. Tadbir ishtirokchilari orasida O'zbekiston, qator MDH davlatlari, Yevropa va Osiyoning sanoat kompaniyalari hamda biznes delegatsiyalari bor. Ishtirokchilar orasida "Газпромбанк" singari o'z sohasining yetakchilari ham bor.

"Газпромбанк"- Rossiyaning eng yirik universal banklaridan biri hisoblanadi hamda barcha asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha Rossiyaning uchta yirik banklaridan biri va o'z kapitali bo'yicha Markaziy va Sharqiy Yevropadagi banklar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallaydi.