6-aprel kuni, "TEXNOPARK" MChJga "Magnitogorsk temir-po'lat zavodi" DAJ Bosh direktori Pavel Vladimirovich Shilyaev boshchiligidagi vakillar tashrif buyurishdi. Tashrif dasturida, amaldagi barcha ishlaydigan "TEXNOPARK" dagi ishlab chiqarish binolariga tashrif buyurish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishish ko'zda tutilgan. MK ning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, mehmonlar o'z e'tiborlarini "TEXNOPARK" MChJda metall konstruksiyalar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushirish rejalariga qaratdilar. Shuningdek, "Magnitogorsk temir-po'lat zavodi" DAJ rahbariyati va "TEXNOPARK" MChJ o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Potentsial sheriklik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

"Magnitogorsk metallurgiya zavodi" vakillari 5-apreldan buyon, Toshkentdagi "UZEXPOCENTRE" da bo'lib o'tayotgan "Innoprom-2021" xalqaro sanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

 

 

"Magnitogorsk temir-po'lat zavodi" DAJ dunyodagi eng yirik po'lat ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, Rossiyadagi qora metallurgiya ishlab chiqaruvchi korxonalari orasida yetakchi mavqega ega.  Kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari temir  xom ashyosini tayyorlashdan tortib, qora metallarni chuqur qayta ishlashga qadar to'liq ishlab chiqarish sikliga ega bo'lgan, yirik metallurgiya majmuasini o'z ichiga oladi.  "MTPK" guruhining 2020-yildagi daromadi 6,395 milliard dollarni tashkil etdi.