5-aprel kuni, "TEXNOPARK" MChJga Rossiyaning eng yirik savdo-ishlab chiqarish xoldingi "Русклимат" vakillari tashrif buyurishdi. Xoldingning keng assortimenti shamollatish va havoni tozalash tizimlarini o'z ichiga olganligi sababli, "TEXNOPARK" da mehmonlar SHIVAKI (Yaponiya) brendi ostida ishlab chiqariladigan konditsionerlar va sovutgichlar ishlab chiqarishga alohida qiziqish bildirishdi. QIzishiqish o'z-o'zidan vujudga kelmadi, chunki "TEXNOPARK" sanoat konditsionerlari va sovutgichlarini ishlab chiqarish quvvati bo'yicha Markaziy Osiyoda yiliga 80 ming donaga teng bo'lgan eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, ular "TEXNOPARK" ning amaldagi boshqa ishlab chiqarish binolari, ish jarayoni, xususan gaz hisoblagichlari, muzlatgichlar, suv nasoslari ishlab chiqarish va boshqalar bilan tanishdilar. "Ижевский завод тепловой техники" MChJning rivojlanish bo'yicha direktori Valentina Samsonova, ayniqsa "Osten" brendi ostida ishlab chiqarilgan liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish, ularning quvvati hamda keng turdagi mahsulotlar assortimentiga qiziqish bildirdi. Eslatib o'tamiz, "TEXNOPARK"da liftlarning yo'lovchi, shifoxona, yuk hamda panoramali turlari ishlab chiqariladi.
"Русклимат" SIX Rossiya, MDH va Boltiqbo'yi davlatlari bozorida 1996-yildan o'z faoliyatini olib bormoqda hamda dunyoning 37 mamlakatiga mahsulot yetkazib beradi.