Bugun, Turkiyada butun dunyo bo'ylab 890 ta ishlab chiqarish korxonalarini birlashtirgan "ISK - Sodex Istanbul 2021" xalqaro ko'rgazmasi oʻz ishini boshladi.

 

"TEXNOPARK" MChJ "Shivaki" sanoat iqlim uskunalari, "Shivaki Frigo Cool" sanoat sovutish uskunalari va muzlatgichlari va "Uz Copper" mis quvurlarini namoyish etdi.

 

Ko'rgazma tadbirlari davomida, "TEXNOPARK" MChJ vakillari va potentsial xaridorlar hamda hamkorlar o'rtasida birinchi ishbilarmonlik muzokaralari o'tkaziladi.