"TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini tasdiqlashning navbatdagi bosqichi "Mashina va uskunalarning xavfsizligi to'g'risida", "Past kuchlanishli uskunalarning xavfsizligi to'g'risida" va "Texnik vositalarning elektromagnit mosligi" texnik reglament talablariga muvofiq, vitrinali muzlatgichlar va tijorat muzlatgichlari deklaratsiyalanishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

Deklaratsiya jarayonida "TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan vitrinali muzlatgichlar va tijorat muzlatgichlari sinovdan o'tkazildi, natijalarga ko'ra, mahsulot Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) texnik reglamenti talablariga muvofiqligi, shuningdek IEC 60335-2-89 xalqaro standartining xavfsizlik talablariga mosligi tasdiqlangan.

EAC sertifikatini olish, 200 millionga yaqin aholiga ega bo'lgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorida, vitrinali muzlatgichlar va tijorat muzlatgichlarini sotish uchun imkoniyat yaratadi.

"TEXNOPARK" MChJning ishlab chiqarish obyektlari eksport geografiyasini tobora kengaytirmoqda. Mutaxassislar tomonidan yuqori sifatning e'tirof etilishi, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlash bilan bir qatorda, Moldova Respublikasiga 110 ta vitrinali muzlatgich va savdo muzlatgichlari jo'natildi.