TEXNOPARK xalqaro sifat va ishonchlilik mezonlariga javob beradigan eksportbop mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqaradi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish standartlarining yana bir marta tan olinishi rossiyalik va qozog'istonlik hamkorlar tomonidan tasdiqlandi. Xususan, "AVANT" PIR panellari. Bu zamonaviy qurilish materiali - penopoliizosiyanuratdan (PIR panellari) izolyatsiyalangan metall uch qatlamli sendvich panellar. Devor va tom yopish uchun mo‘ljallangan panellar Rossiyaning “GOST” tizimiga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashdan o'tdi.

PIR sendvich panellarining yuqori sifati Qozog'iston Respublikasining davlat texnikaviy jihatdan tartibga solish tizimi tomonidan ham tan olingan. Milliy sertifikatlashtirish organi, shuningdek, penopoliizosiyanurat asosidagi issiqlik va ovozni izolyatsiyalash plitalari (PIR plitalari) uchun muvofiqlik hujjatini taqdim etdi.

O‘zbekistondan tovarlarni yetkazib berish uchun Rossiya va Qozog‘iston bozorlarining ahamiyati va salohiyatini hisobga olgan holda, qurilish materiallarini sertifikatlash TEXNOPARKga ularning eksportini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.