Bugun Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi o'rta ta'lim muassasalari 30 nafar o'quvchilari uchun "Texnopark" MChJda ekskursiya bo'lib o'tdi.  Ushbu tadbir, har oyda Toshkent shahar hokimi tomonidan e'lon qilingan, yoshlar festivali doirasida tashkil etildi.  Festivalning birinchi haftasi texnologiyaga bag'ishlanganligi sababli, "Texnopark" MChJning maishiy va sanoat uskunalarini ishlab chiqarish maskanlariga ham, ziyorat qilish rejalashtirilgan edi.

   

Ekskursiya boshlanishidan oldin zarur sanitariya-epidemiologiya me'yorlari hisobga olindi.  Bir yarim soat davom etgan ekskursiya davomida talabalar, Janubiy Koreyaning "Samsung Electronics" kompaniyasi texnologiyasi bilan jihozlangan maishiy muzlatgichlar, "Osten" savdo belgisi ostida "aqlli" gaz hisoblagichlari hamda elektron suv nasoslarini ishlab chiqarish bilan tanishdilar.

   

Ular ish jarayonini kuzatdilar, uning xususiyatlari haqida bilib oldilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.  Shuningdek, mehmonlar "Texnopark" MChJ mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha o'quv markaziga ham tashrif buyurishdi.