Quyosh panellari quyosh energiyasining FIK (foydali ish koeffitsiyenti) dan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi. “TEXNOPARK” ishlab chiqarishni ROYAL brendi ostida kengaytirmoqda. Sentyabr oyida quyosh fotoelektrik panellari ROYAL ni ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 100 000 ta panelni tashkil etadi. Bu 600 MW/y ga toʻgʻri keladi. Quyosh panellarining modellar liniyasi quvvati 450 W, 500 W, 550 W, 600 W, 670 W, 700 W ni tashkil etuvchi 14 ta modeldan iborat.

Quvvati 450 va 550 W ga teng boʻlgan “Bifacial” panellarini ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Bu turdagi model panelning orqa tomonidan ham quvvat olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa oʻz navbatida va qoʻshimcha ravishda umumiy quvvatning oshishiga olib keladi.

ROYAL panellarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish jarayonini toʻlaqonli ravishda avtomatlashtirishni taʼminlaydi. Jarayon davomida shuningdek, eng ilgʻor texnologiyalar va yuqori ish samaradorligiga ega boʻlgan fotoelementlar – PERC, TopCON, HTJ dan foydalaniladi, 9 dan 22 Busbargacha boʻlgan bloklar aro birikmalarning koʻpaytirilgan miqdori esa quyosh paneliga tushadigan bosimni kamaytiradi. ROYAL panellarining afzalliklari qatorida antireflektor qoplamali (ARC) maxsus shishani ham tilga olib oʻtish mumkin. U quyosh energiyasini oʻzidan hech qanday toʻsiqlarsiz oʻtkazib beradi va panel yuzasini tashqi taʼsirlardan himoya qiladi. Bundan tashqari, ushbu qoplama yuqori darajadagi sirpanuvchanlikni taʼminlaydi. Yaʼni, panellarning ustki qismida chang toʻplanib qolishining oldi olinadi.

Ishlab chiqarish jarayonida ESTUN, KUKA kabi maxsus sanoat robotlaridan foydalanish tayyor holatdagi energiya tejovchi mahsulotning oliy sifatini 21,7% dan oshiq samaradorlik bilan kafolatli taʼminlaydi.
Bizning ROYAL quyosh panellariga TUV, CE, CSA xalqaro agentliklari tomonidan sertifikatlar taqdim etiladi, bu esa ularni Yevropa va Amerika mamlakatlariga eksport qilish imkoniyatini beradi.
Loyiha Koreya va Xitoy Respublikalari kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu kompaniyalar QTEM (qayta tiklanuvchi energiya manbalari) dan foydalanishga moʻljallangan uskunalar segmentida yetakchi ishlab chiqaruvchilar orasida TOP-5 likka kiradi. Ularning jahon bozoridagi ulushi 60% dan oshadi.

TEXNOPARKning Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan taʼkidlangan vazifalarni hal kilish maqsadida “Yashil texnologiyalar”ni samarali tatbiq etishga qaratilgan istiqbolli loyihasini amalga oshirishga Italiya, Janubiy Koreya va Xitoyning injiniring sohasidagi yetakchi mutaxassis hamda ekspertlari jalb etilgan boʻlib, ular ilgʻor texnologiyalarni “Longi”, “Jinko”, “Canadian Solar” kabi korxonalarga joriy etishda muvaffaqiyatli va ulkan tajribaga ega.