2018-yilda, Belarus Respublikasi Hukumati va O'zbekiston Respublikasi Hukumati o'rtasida, 2019-2023 yillarga mo'ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolangan.  Ikki mamlakat universitetlari o'rtasida 100 dan ortiq hamkorlik shartnomalari mavjud bo'lib, ular doirasida ilmiy -tadqiqot ishlari olib borilmoqda, tajriba almashilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida, "TEXNOPARK" MChJ hududida blokli isitish moslamalarini ishlab chiqarish tashkil etilmoqda.  Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida, bu sohada yetakchi korxona, shuningdek ulkan tajribaga va jiddiy muhandislik bazasiga ega bo'lgan "Теплосила" hamkor sifatida tanlandi.  2021-yilda "TEXNOPARK" MChJ va "Tеплосила" kompaniyalar guruhi konsorsium shartnomasini imzoladilar, ushbu shartnoma doirasida faqat blokli isitish moslamalarini ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib berishgina emas, balki har tomonlama texnik qo'llab-quvvatlash ham kiritilgan.



"TEXNOPARK" MChJ mutaxassislarini o'qitisg uchun Brest davlat texnika universitetining issiqlik,gaz ta'minoti va ventilyatsiya kafedrasi (IGV) tanlangan.  Hozirgi vaqtda, IGV kafedrasida beshta noyob zamonaviy ixtisoslashtirilgan o'quv laboratoriyalari mavjud.

"Bu yerga, bizni o'z malakamizni oshirish uchun yuborishdi. Bu yerda juda yaxshi moddiy-texnik baza mavjud bo'lib, amaliyot ham, nazariya ham birlashtirilgan", - deydi "TEXNOPARK" MChJning konstruktor-muhandisi Maksim Orlov.

"Bizning asosiy vazifamiz - individual isitish moslamalarini o'rganish. O'zbekiston uchun bu yangi yo'nalish. Biz uchun, bu Respublikada yangi loyihalarni amalga oshirish nuqtai nazaridan, juda foydali tajriba hisoblanadi", - deya o'z hamkasbini to'ldirdi bosh konstruktor Rustam Nodirov.

Blokli issiqlik moslamalari real sharoitlarga moslashtirilgan, funksionallik darajasi yuqori bo'lib, bu  sizga issiq suv parametrlarini masofadan uzatish va boshqaruvchi parametrlarni ilova orqali dasturlashgacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganishga imkon beradi. IGV kafedrasi laboratoriyalarida, "TEXNOPARK" MChJning uchta mutaxassisi "Issiqlik ta'minoti sohasida malaka oshirish. Issiqlik ta'minoti tizimlarining zamonaviy avtomatlashtirilgan isitish moslamalari.  Zamonaviy energiya tejaydigan isitish va issiq suv ta'minoti tizimlari" kursi doirasida o'z malakalarini oshirmoqdalar.  

Mutaxassislarning xizmat safari 11 kunga mo'ljallangan.  Ular Brestdan keyin, "Теплосила" zavodiga boradilar, u yerda amalda blokli isitish moslamalarini ishlab chiqarish bilan tanishadilar.