26-mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida "Texnopark kubogi" intellektual musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.  "Matematika" va "Ingliz tili" yo'nalishlari bo'yicha eng yaxshi ishtirokchilar hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi.  Nafaqat o'quvchilar, balki akademik litsey o'qituvchilari ham taqdirlandilar.  G'oliblarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.