30-aprel kuni, "TEXNOPARK" MChJda xalqaro ISO sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Ularni "TÜV Thüringen" (Germaniya) xalqaro standartlashtirish tashkilotining vakillari taqdim etdilar.

"TEXNOPARK"ning barcha 6ta ishlab chiqarish korxonalari, uchta integratsiyalashgan boshqaruv tizimining sertifikatlariga loyiq deb topildilar:

ISO 9001 - sifat menejmenti tizimi;
ISO 14001 - atrof-muhitni boshqarish tizimi;
ISO 45001 - mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimlari.

   

Ta'kidlash joizki, "TEXNOPARK" MChJ sanoat ishlab chiqarish majmuasi sifatida, alohida uchta oltin sertifikat oldi. Hammasi bo'lib 42 ta sertifikat topshirildi. Standartlashtirish organlarining xalqaro ekspertlarining fikriga ko'ra, bu bir vaqtning o'zida bir qancha xalqaro sifat belgilari berilgan, tarixiy voqea hisoblanadi.

Riad Ibragimov ("SERT Management" PEC dan MChJ direktori):

"TEXNOPARK" sanoat ishlab chiqarishining O'rta Osiyoda o'xshashlari bo'lmagan mutlaqo yangi yo'nalishlarini ishlab chiqmoqda. Shu bilan birga, fabrikalarda zamonaviy texnologiyalar va robototexnika qo'llanilmoqda.

 

Shuningdek, "TEXNOPARK" tomonidan ishlab chiqarilgan liftlarni sinovdan o'tkazadigan 60 metrli minorasi, meni hayron qoldirdi. Bu murakkab muhandislik majmuasi. Va aslida, MDH mamlakatlarida bunday sinov minoralari atigi bir nechta.

Shuni ta'kidlashni istardimki, bugungi kunda berilgan sertifikatlar dunyoning 180 mamlakatida tan olingan. Ishonamizki, endilikda "TEXNOPARK" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika jahon bozorida yanada katta talabga ega bo'ladi.